SSSR KGBning so‘nggi rahbari vafot etdi

Olam 18242
image
-

Sovet Ittifoqi Davlat xavfsizlik qo‘mitasi (KGB) ning so‘nggi raisi Vadim Bakatin 85 yoshida vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Agentlik manbasi Bakatinning o‘limi sabablariga aniqlik kiritmagan.

Vadim Bakatin 1937 yil 6 noyabrda Novosibirsk viloyati Kiselevsk shahrida tug‘ilgan. Novosibirsk muhandislik-qurilish institutini tamomlagan va 1973 yilda partiya ishiga o‘tgunga qadar qurilish sohasida ishlagan. U Kirov partiyasining birinchi kotibi, so‘ngra KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) Kemerovo viloyat qo‘mitasining birinchi kotibi, partiya Markaziy qo‘mitasining a’zosi, 1988 yilda Ichki ishlar vaziri etib tayinlangan. 1991 yilda u RSFSR prezidentligiga nomzodini qo‘yib, olti nomzod orasida oxirgi o‘rinni egallagan.

1991 yil avgustdagi davlat to‘ntarishidan keyin Davlat xavfsizlik qo‘mitasini boshqargan. Bu lavozimda Bakatin Sovet Ittifoqi Prezidenti Mixail Gorbachyovning sanksiyasi bilan xayrixohlik belgisi sifatida Moskvadagi Amerika elchixonasining yangi binosi uchun telefon tinglashning asl sxemasini AQSHga topshirgani bilan mashhur.

Bakatinning vazifasi KGBni isloh qilish edi – uning boshqaruvi davrida tashkilot mustaqil maxsus xizmatlarga (xususan, tashqi razvedka va davlat xavfsizligi) bo‘lindi, chegara qo‘shinlari qo‘mita tarkibidan chiqarildi. 1992 yil yanvar oyida Boris Yelsin Bakatinni ishdan bo‘shatdi, shundan so‘ng u qayta davlat lavozimida ishlamadi.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 678
Reyting: 3.1
Teglar
t
×