SSSR qiruvchi samolyoti AQSHda halokatga uchradi (video)

Olam

image

AQSHning Michigan shtatidagi aviashouda Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan MiG-23 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi. Uchuvchi va ikkinchi ekipaj a’zosi katapulta qilindi. Bu haqda Detroyt xalqaro aeroporti sayti xabar tarqatdi.

Halokat kecha, 13 avgust kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 16:00 da yuz bergan. Qiruvchi Detroyt yaqinidagi Bellevil shahridagi turar-joy majmuasi avtoturargohiga borib urilgan. Oqibatda bir nechta mashina shikastlangan.

Uchuvchi va ikkinchi ekipaj a’zosi ehtiyot chorasi sifatida shifoxonaga yotqizilgan. Ular jiddiy jarohat olmagan. Boshqa hech kim jabrlanmagan.

Hozirda AQSH Federal Aviatsiya boshqarmasi tergov ishlarini olib bormoqda. Halokatning ehtimoliy sabablari hozircha noma’lum.

Ma’lumot uchun, MiG-23 o‘zgaruvchan qanot geometriyasiga ega ko‘p maqsadli qiruvchi samolyot hisoblanadi. U 1969 yilda foydalanishga topshirilgan, 1985 yilda ommaviy ishlab chiqarish to‘xtatilgan. Samolyotlar Afg‘oniston, Jazoir, Angola, Bolgariya, Kuba, Chexoslovakiya, Germaniya, Misr, Liviya, Vengriya, Iroq, Hindiston, Shimoliy Koreya, Efiopiya, Janubiy Yaman, Polsha, Suriya va Vetnamga eksport qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh qiruvchi samolyot MiG-23

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing