Paxta terdirmoqchi bo‘lgan rais jarimaga tortildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda paxta terimi davrida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik va terimchilar uchun zaruriy sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar olib borilayotganiga qaramay, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda, shuningdek, huquq himoyachilari bergan ma’lumotlarda mehnat qonunchiligi buzilishi bilan bog‘liq holatlar uchrab turibdi.

Jumladan Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh tumanidagi “Aydыn jol” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi B.A. kam ta’minlanganlik haqidagi ma’lumotnomani olish uchun kelgan fuqaroga ma’lumotnoma uchun terimga chiqish shartini qo‘ygan. 

O‘rganishlar natijasida qonun buzilgani aniqlandi va mahalla raisi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismi bilan 6 million 690 ming so‘m miqdorda jarimaga tortildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Paxta MFY raisi

Baholaganlar

149

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing