Isroil Falastinni yo‘q qilayotganiga BMT tomoshabin bo‘lib turibdi – Erdo‘g‘an

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, kecha, 24 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 74-majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiya Respublikasi Prezdiyenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an nutq so‘zlab, Isroilning Falastinni butunlay egallab olayotgani, BMT esa bunga tomoshabin bo‘lib turganini qoraladi. 

Erdo‘g‘an minbarga Isroil va Falastin tuproqlari aks etgan xarita bilan chiqqan. Undagi to‘rt suratda 1947 yil – Isroil davlati tashkil topgandan buyon Falastin yerlarini qanchalik egallab borayotgani tasvirlangan. 

“Birlashgan Millatlar Tashkilotining Isroilga nisbatan rezolyutsiyalari bajarilmayapti. Shunday ekan, BMT nima ish qilyapti? Agar biz qabul qilgan qarorlarimiz bilan ta’sir ko‘rsata olmasak, adolat qayerda o‘z aksini topadi?”, deydi Rajab Toyib Erdo‘g‘an. 

Turkiya rahbari BMT sammitida 35 daqiqa nutq so‘zlagani aytilmoqda. U minbarga Misr Prezidenti Abdulfattoh Al-Sisidan keyin chiqqan. 

“Bugungi davrda adolatsizlikni eng ko‘p totgan mamlakat – Isroil ishg‘oli ostidagi Falastin tuproqlaridir.

Hozirgi Isroil hukumati G‘azodagi g‘ayriinsoniy bloklar, noqonuniy aholi punktlari faoliyati va Quddusning tarixi va huquqiga hujum qilish kabi holatlar bilan xalqaro huquqlarga rioya qilmay, insoniyatning barcha qadriyatlarini poymol etmoqda”, deydi Erdo‘g‘an.

U so‘zini davom ettirib, Falastin davlatini 1967 yildagi sarhadlariga asoslangan holda qayta qurish kerakligini aytadi.

“Muammoning yechimi – 1967 yildagi chegaralarga asoslanib, poytaxti Quddus bo‘lgan mustaqil va ulug‘vor hududlarga ega Falastin davlatini zudlik bilan barpo etishdir. Bundan boshqa tinchlik rejalarining qabul qilinishi va amalga oshirilishining imkoni yo‘q. Men BMT minbaridan turib so‘rayman: Isroil davlatining chegaralari qayerda? 1948 yildagi chegaralarmi, 1967 yildagi chegaralarmi yoki yana boshqa chegarasi bormi?

Boshqa bosib olingan Falastin hududlari singari,  Golan tepaliklari va G‘arbiy sohilning aholi punktlari, agar bu davlat chegaralari ichida bo‘lmasa, qanday qilib dunyo ko‘z o‘ngida tortib olindi? “Asr kelishuvi” shartnomasi sifatida taqdim etilgan tashabbusning maqsadi Falastin davlati va uning xalqining mavjudligini butunlay yo‘q qilishmi?”, deydi Erdo‘g‘an.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an BMT Falastin Isroil

Baholaganlar

330

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing