Spotify “qora ro‘yxat”dagi rossiyalik qo‘shiqchilarning akkauntlarini o‘chirib yubordi

Madaniyat-san’at

image

Mashhur Spotify musiqiy striming xizmati Rossiyaning Ukrainaga nisbatan ochgan urushini faol qo‘llab-quvvatlagani uchun Yevropa Ittifoqi tomonidan 14-sanksiyalar paketida nomi qayd etilgan rus san’atkorlarining sahifalarini o‘chirib yubordi. Bu haqda “Rodnoy zvuk” Telegram-kanali xabar berdi.

“Yevropa Ittifoqi va AQSH sanksiyalariga tushgan ijrochilarning sahifalari o‘chirilganini sezib qoldik: ularning barcha qo‘shiqlari yo‘qolib qoldi, ba’zi sahifalarni qidiruv orqali ham topib bo‘lmayapti”, deyiladi xabarda. 

“Jabrlanganlar” qatorida Grigoriy Leps, Shaman, Oleg Gazmanov, Polina Gagarina, Yuliya Chicherina va “Lyube” guruhi qayd etilgan. Shunga qaramay, ularning qo‘shiqlari YouTube va Apple Music platformalarida hamon mavjud.

Ma’lumot uchun, Spotify yirik striming xizmati bo‘lib, uning xizmatlaridan oyiga 600 milliondan ortiq odam foydalanadi. Servis 2020 yilda Rossiyada rasman ish boshlagan edi. Rossiyaning Ukrainaga harbiy yurishidan so‘ng 2022 yil aprelidan boshlab Spotify mamlakatdagi faoliyatini to‘xtatgan. Keyinroq, kompaniya Rossiyadagi ofisini rasman yopib, yuridik shaxs maqomini tugatdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa kengashi Rossiyaga qarshi iqtisodiy va individual sanksiyalarning 14-paketini qabul qilgani haqida xabar berilgandi.

Mavluda Satiyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Polina Gagarina Spotify rossiyalik qo'shiqchilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made