Polina Gagarinaning YouTube’dagi kanali ham bloklandi

Olam

image

YouTube videohostingi kecha, 4 iyul kuni Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalarining 14-paketiga kiritilgan qo‘shiqchilar Yaroslav Dronov (Shaman) va Polina Gagarinaning rasmiy kanallarini blokladi. Bu haqda “The Insider” xabar berdi.

“Mening YouTube kanalim rus bo‘lganim uchun bloklandi”, deb yozdi Shaman o‘zining Telegram-kanalida hosting qaroriga izoh berib.

Oleg Gazmanov, Yuliya Chicherina va Grigoriy Leps, shuningdek, mehmonlari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini ochiq qo‘llab-quvvatlayotgan “Empatiya Manuchi” shousining aktyori va muallifi Vyacheslav Manucharovning kanallari ham bloklangan.

OAV xabarlariga ko‘ra, rossiyalik san’atkorlarning rasmiy kanallari Litva radio va televideniye komissiyasining Google va YouTube'ga qilgan murojaatidan so‘ng bloklab qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq mashhur Spotify musiqiy striming xizmati Rossiyaning Ukrainaga nisbatan ochgan urushini faol qo‘llab-quvvatlagani uchun Yevropa Ittifoqi tomonidan 14-sanksiyalar paketida nomi qayd etilgan rus san’atkorlarining sahifalarini o‘chirib yuborgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Polina Gagarina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing