Yevropa Ittifoqi Polina Gagarinani “qora ro‘yxat”ga kiritdi

Madaniyat-san’at

image

Yevropa Ittifoqi Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarning 14-paketi doirasida rossiyalik qo‘shiqchi Polina Gagarina, Shaman taxallusi bilan tanilgan qo‘shiqchi Yaroslav Dronov va aktyor Ivan Oxlobistinni “qora ro‘yxat”ga kiritdi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida chop etilgan hujjatda aytiladi.

Bundan tashqari, aktyor Vyacheslav Manucharov ham ro‘yxatga kiritildi. Hujjatda qayd etilishicha, ushbu madaniyat arboblari Rossiya Qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlash tadbirlarida qatnashgan. Yevropa Ittifoqi cheklovlari sinxron suzish bo‘yicha uch karra Olimpiya chempioni Mariya Kiselevaga nisbatan ham joriy etildi, u ommaviy bayonotlarda Ukrainadagi urushni qo‘llab-quvvatladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 24 iyun kuni YeI 14-sanksiya paketi doirasida Rossiyaning 116 jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan cheklovlar kiritgandi. Hujjatga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi hamjamiyatdan tashqari davlatlar, jumladan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari va Turkiyadan 61 firmaga nisbatan ikki tomonlama maqsadli tovarlar va texnologiyalar eksportiga cheklovlar joriy qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Evropa Ittifoqi sanktsiya Polina Gagarina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing