Sportchi Olimpiadada qatnashish uchun otasining ta’ziyasiga bormadi
Sport
−
08:21 6678 1 daqiqa
Norvegiyalik chang‘ichi Yoxann Andre Forfang Italiyada bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida qatnashish uchun otasining dafn marosimini turnirdan keyinga qoldirdi. Bu haqda NRK xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Andre Forfangning otasi Ugo Forfang bir yildan ortiq vaqt davomida saraton kasalligi bilan kurashganidan so‘ng joriy yilning 31 yanvar kuni 68 yoshida vafot etgan. Oila esa dafn marosimini Andre 2026 yilgi Olimpiadadan qaytganidan keyin o‘tkazishga qaror qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, erkaklar o‘rtasidagi chang‘ida sakrash bo‘yicha final musobaqasi joriy yilning 16 fevral kuni bo‘lib o‘tadi – bu esa Ugo Forfangning vafotidan ikki haftadan ko‘proq vaqt o‘tganidan keyingi sanaga to‘g‘ri keladi.
“Men uning chempionat davomida shu yerda bo‘lishini o‘ylagandim, shuning uchun u bu voqeani anglashi nihoyatda qiyin. O‘ylashimcha otam ham ushbu loyihani yakunlashimni istagan bo‘lardi”, deydi Andre Forfang.
Ma’lumot uchun, Forfang 2018 yilgi Olimpiya o‘yinlari shaxsiy musobaqada kumush medal, jamoaviy bahslarda esa oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi