Sport jurnalistikasidagi kamchilik va muammolar muhokama qilindi

Sport

image

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) Bosh kotibi Oybek Qosimov OAV vakillari bilan hamkorlikni kuchaytirib, yirik kompleks musobaqalarni yoritishda katta tarkibda ishtirok etish kerakligini ta’kidladi.

 

Qosimov bu haqda bugun, 30 noyabr kuni MOQ majlislar zalida o‘tkazilgan “Xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikning OAVda yoritilishi: bugungi kun holati va istiqbollari” mavzusidagi yig‘ilishda aytib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Oybek Qosimov mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib, uning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Sport jurnalistlarini bir platformada yig‘ib, mana shunday tadbir o‘tkazilishi juda muhim voqelik hisoblanadi. Bu oldimizda turgan muammo va kamchiliklarni aniqlash, ularga birgalikda yechim topishda biz uchun foydalidir. OAV xodimlarining yirik sport musobaqalarini delegatsiyamiz bilan birga yoritib borishi juda muhim. Rio-2016 Olimpiya o‘yinlarida delegatsiyamiz tarkibida 4 nafar jurnalist ishtirok etgan bo‘lsa, Tokio-2020 Olimpiadasida 10 nafar OAV vakillari bilan ishladik”, deydi Bosh kotib. 

O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi raisi Olim O‘sarov esa sport musobaqalarini yoritib borayotgan jurnalistlar faoliyatini yuqori baholadi:

“Holbuki, buni 5-6 yil avval tasavvur qilish qiyin edi. “Jahon” axborot agentligining ahyon-ahyon xabarlari berilardi, bugungi kunda “Dunyo” nomini  olgan bu agentlik ham o‘z faoliyatini jonlantirgan. Tokioda  bo‘lib o‘tgan Yozgi olimpiadadan ham sportchilarimiz yutuqlari haqidagi mujdalarini birinchi manba – o‘zimizning jurnalistlarimizdan oldik”.

Shuningdek, uchrashuvda spiker sifatida, Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi O‘zbekiston sport jurnalistlari kengashi rahbari Mirzahakim To‘xtamirzayev, MOQ raisi matbuot kotibi, axborot-siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Zafar Imomxo‘jayev, “Sport” telekanali direktori Zohid Karimov, shuningdek, sport federatsiyalari matbuot kotiblari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Mirzahakim To'xtamirzaev

Baholaganlar

9

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing