Sport olami Ukrainaga yordam berishi aniq – Roberto Manchini

Sport

image

Odatda sport insonlarni bir-biridan ajratmas edi, balki ularni birlashtirardi. Ukrainada bo‘layotgan urushdan jabr chekayotganlarga sport yordam berishi aniq. Futbol bo‘yicha Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini “Sportface” nashriga bergan intervyusida shunday fikr bildirdi.

Shuningdek, Manchini Rossiyada urushni xohlaydigan odamlar kam deb hisoblaydi.

“Ukrainadagi vaziyat dramatik. Odatda sport insonlarni bir-biridan ajratib qo‘ymas edi, balki ularni birlashtiradi. Ukrainada bo‘layotgan urushdan jabr chekayotganlarga sport yordam berishi aniq. Urush barchaning boshiga og‘ir kulfatlarni keltirishi mukin. Ayniqsa, ukrain xalqi og‘ir kunlarni boshidan kechiryapti. Jabrlanganlar ko‘pligini bilib, ular uchun nimadir qilishga harakat qilyapmiz. Menimcha, Rossiyada urushni xohlaydiganlar deyarli yo‘q. Bu barchamiz uchun qorong‘u vaqt. 2022 yilda odamlarning hayotiga zomin bo‘ladigan jangovar harakatlar bo‘lishi mumkinligini anglash qiyin”, degan Manchini.

Rossiya sportiga kiritilgan cheklovlar 

Rus qo‘shinlari Ukrainaga kirgach, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (XDF) Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni tashkilot faxriy prezidenti va elchisi maqomidan mahrum qildi. 

Polsha, Chexiya va Shvetsiya futbol terma jamoasi Jahon chempionatiga saralash doirasida Rossiya bilan o‘yinga borishdan bosh tortdi.

Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UEFA) 2022 yilgi Yevropa Chempionlar ligasi finali Sankt-Peterburg shahridan Parijga ko‘chirilganini ma’lum qildi.

FIFA  hamda UEFA Rossiya terma jamoalari va klublarini barcha futbol musobaqalaridan chiqarib tashladi.

Xalqaro basketbol federatsiyasi rossiyalik basketbolchilar va rasmiy shaxslarni tashkilot shafeligidagi barcha musobaqalarda ishtirok etishdan chetlashtirdi.

Dunyodagi eng yirik sport kiyimlari kompaniyasi “Adidas” Rossiya futbol jamoalari bilan hamkorlikni to‘xtatganini ma’lum qildi. Shuningdek, Germaniyaning "Shalke 04" klubi va UEFA'ning o‘zi ham Rossiyaning "Gazprom" transmilliy kompaniyasi bilan hamkorlikni to‘xtatdi.

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi (IPC) rossiyalik va belaruslik atletlarni Pekin-2022 Paralimpiya o‘yinlaridan chetlatdi.

Shuningdek, 2023 yilda Rossiyaning Qozon shahrida bo‘lib o‘tadigan Maxsus Olimpiada o‘yinlari bekor qilindi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

9

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing