“Spartak” Oston O‘runovni sotib yubormoqchi

Sport

image

Rossiyaning “Spartak” klubi o‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runovni transferga qo‘ydi. Bu haqda “Metaratings” nashri xabar berdi.

Manbaning qayd etishicha, Oston O‘runovga Osiyo klublari tomonidan qiziqish bildirilmoqda. Biroq ularning aynan qaysi jamoalar ekanligi ochiqlanmagan

Shuningdek, "Spartak" rahbariyati 21 yoshli futbolchini sotish uchun moliyaviy imtiyozlarga ham tayyor. Ammo futbolchi va uning agenti boshqa klubga o‘tishni istamasligi uchun qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Sababi Ostonning “Spartak”dagi yillik maoshi 600 ming dollarni tashkil qiladi.

Agar "qizil-oqlar" O‘runovning transferi bo‘yicha hech qaysi jamoa bilan kelishuvga erisha olmasa, klub yarim himoyachini yoshlar jamoasiga o‘tkazish variantini ko‘rib chiqishi mumkin.

Avvalroq, Oston O‘runovning “Ufa”dagi ijara muddati tugab, “Spartak”ga qaytgani haqida xabar bergan edik.

Ma’lumot o‘rnida, O‘runov 2020 yilning yozida “Ufa”dan “Spartak”ga ko‘chib o‘tgandi. Biroq “Spartak” safida o‘zini ko‘rsata olmagach, 2021 yilning avgustida “Ufa”ga qaytarib ijaraga berib yuborilgan edi. “Transfermarkt” portali o‘zbekistonlik iqtidor egasini 700 ming yevroga baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Spartak

Baholaganlar

48

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing