Oston O‘runov “Spartak”ga qaytadi
Sport
−
04 iyun 2022
2842O‘zbekistonlik futbolchi Oston O‘runovning “Ufa” klubidagi ijara muddati yakunlandi. “Ufa” Ostonni sotib olmaydi va uni “Spartak”ga qaytarib yuboradi. Bu haqda “Ufa” klubi matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runovning “Ufa” bilan shartnomasi yakuniga yetdi. O‘runov joriy mavsumda jamoamiz safida 17 ta o‘yinda maydonga tushdi. “Ufa” futbol klubi Ostonga birgalikdagi faoliyati uchun minnatdorlik bildiradi va unga professional faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirishini tilaydi”, deyilgan klub bayonotida.
Ma’lumot o‘rnida, O‘runov 2020 yilning yozida “Ufa”dan "Spartak"ga ko‘chib o‘tgandi. Biroq “Spartak” safida o‘zini ko‘rsata olmagach, 2021 yilning avgustida “Ufa”ga qaytarib ijaraga berib yuborilgan edi. “Transfermarkt” portali o‘zbekistonlik iqtidor egasini 700 ming yevroga baholamoqda.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi