Niderlandiyalik mashhur futbolchi BAAda hibsga olindi

Sport

image

“Spartak” futbol klubining niderlandiyalik hujumchisi Kvinsi Promes Niderlandiya prokuraturasi talabiga binoan Dubayda hibsga olindi. Bu haqda Niderlandiya prokuraturasi matbuot kotibi Tusha Essed ma’lum qildi.

“Men Promes hibsga olinganini tasdiqlayman”, deydi Essed

Niderlandiya prokuraturasiga ko‘ra, Dubayda “Moskvada yashovchi 32 yoshli erkak” qo‘lga olingan. Uning ismi ko‘rsatilmagan. Hozirda prokuratura uning ekstraditsiyasini talab qilmoqda.

“Qo‘lga olingan shaxs Dubaydagi hashamatli mehmonxonada yashagan. U ikki davlat rasmiylarining sa’y-harakatlari bilan hibsga olindi”, deyiladi prokuratura axborotida.

Ma’lum bo‘lishicha, 29 fevral kuni Dubay politsiyasi Promesni Al-Maktum xalqaro aeroportida nazoratdan o‘tayotganda qo‘lga olgan va u politsiya bo‘limiga olib ketilgan.

14 fevral kuni Amsterdam okrug sudi Promesni giyohvand moddalar kontrabandasida aybdor deb topdi va olti yilga ozodlikdan mahrum qildi. Keyinchalik Promes xalqaro qidiruvga berildi. Promesning advokatlari qaror ustidan Amsterdam apellyatsiya sudiga shikoyat qildi. Amsterdamda futbolchiga qarshi yana bir ish ko‘rib chiqdi.

Gap shundaki, Promos amakivachchasiga pichoq bilan hujum qilgan. 2023 yil 19 iyun kuni Amsterdam okrug sudi futbolchini aybdor deb topib, bir yarim yilga ozodlikdan mahrum qildi va qarindoshiga tovon puli to‘lashga majbur qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Niderlandiya Spartak Kvinsi Promes

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing