SpaceX tarixda birinchi marta odamlarni qutb orbitasiga yubordi

Bu qiziq

image

SpaceX tarixda birinchi marta odamlarni qutb orbitasi – Xalqaro kosmik stansiyadan ko‘rinmaydigan Shimoliy va Janubiy yarimsharlarga jo‘natadi. Bu haqda ekipaj a’zosi Chan Vang X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, missiyaning asosiy maqsadlaridan biri 2017 yilda kashf etilgan atmosfera hodisasini o‘rganish bo‘lib, u osmondagi uzun yorug‘lik chizig‘iga o‘xshaydi. Parvoz taxminan 5 kun davom etadi.

 “Ekipaj Yer atmosferasidan taxminan 400-500 km balandlikda o‘lchangan STEVE (Kuchli issiqlik emissiya tezligini oshirish) fenomeni bilan taqqoslanadigan doimiy emissiyalarning yashil bo‘laklari va binafsha rangli lentalarini o‘rganadi”, deydi SpaceX.

Ma’lumot uchun, SpaceX hozirgacha insonning 13 ta kosmik parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirgan. Ushbu missiyalar doirasida jami 50 nafar kosmonavt Yer orbitasiga chiqqan. Xususan, kompaniyaning Dragon kosmik kemasi 46 marta Xalqaro kosmik stansiyadagi astronavtlarga muhim yuklarni etkazib berish uchun ishlatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

SpaceX

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing