SpaceX’ning raketasi Hind okeaniga qo‘nib portladi (video)

Olam

image

AQSHning xususiy kosmik kompaniyasi SpaceX kecha, 22 may kuni Starship raketasining 12-sinov uchirilishini amalga oshirdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Raketa Texasdagi Starbase kosmodromidan uchirilgan bo‘lib, bu yangi avlod Starship V3 ning ilk sinovi hisoblanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sinov parvozining asosiy maqsadi yangilangan tizimlarning real sharoitdagi ishlash samaradorligini tekshirishdan iborat bo‘lgan. Raketa kosmosda taxminan bir soat parvoz qilgan va oltita dvigateldan biri ishlamaganiga qaramay, Hind okeaniga boshqariladigan tarzda qo‘ngan. Qo‘nishdan so‘ng kema ag‘darilib portlagan. Bu holat oldindan sinovning bir qismi sifatida hisobga olingan. Ilon Mask ushbu parvozni “epik” deb atab, jamoani tabriklagan.

Ma’lumot uchun, avvalgi Starship V3 sinovlari texnik muammolar sababli qoldirilgan edi. Starshipning ilk sinov parvozi 2025-yil oktyabr oyida amalga oshirilgan. NASA ushbu raketadan 2028 yilgacha Oyga astronavtlarni yuborishda foydalanishni rejalashtirmoqda, SpaceX esa Marsga inson yuborishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq SpaceX kompaniyasi tarixdagi eng yirik Starship kosmik kemasi prototipi bo‘lgan raketa tashuvchining 11-sinov parvozini muvaffaqiyatli yakunlagani va u Hind okeaniga qo‘ngani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

SpaceX Starship raketa uchirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing