SpaceX antenna va routersiz ishlaydigan aloqa tizimini taqdim etdi

Texnologiya

image

2 yanvar kuni SpaceX kompaniyasi to‘g‘ridan to‘g‘ri smartfondan antenna yoki routersiz ulanish mumkin bo‘lgan birinchi oltita qurilma hamda 21 ta Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini orbitaga uchirdi. Bu haqda "3d news” nashri xabar berdi.

Bildirilishicha, raketa mahalliy vaqt bilan 8:44 da Kaliforniyadagi Space Launch Complex 4 East (SLC-4E) uchirish maydonchasidan kosmosga ko‘tarilgan. Dastlab parvoz dekabr oyining o‘rtalariga mo‘ljallangandi. Biroq SpaceX ba’zi noma’lum muammolar tufayli missiyani kechiktirishga majbur bo‘ldi.

Yangi Starlink sun’iy yo‘ldoshlari standart roumingga o‘xshash tarmoq integratsiyasi orqali ishlovchi rivojlangan modemga ega. 

SpaceX bosh direktori Ilon Maskga ko‘ra, ushbu sun’iy yo‘ldoshlar yer yuzining istalgan nuqtasida mobil telefonlarga ulanish imkonini beradi. Bu orqali uyali aloqa mavjud bo‘lmagan hududlarda xabar almashish va qo‘ng‘iroqlar tizimini yo‘lga qo‘yish mumkin. Ammo hali ushbu tarmoqning tezligi Yerda hozir mavjud bo‘lgan tarmoqlar bilan raqobatlasholmaydi. 

“Agar butun mintaqa yoki mamlakatda katta bo‘ron, suv toshqini, yong‘in, tornado, zilzila tufayli uyali xizmat ko‘rsatish to‘xtab qolsa ham, barcha uyali aloqa minoralari ishdan chiqqan bo‘lsa ham, sizning telefoningiz ishlayveradi”, dedi Mask ushbu tizimning afzalliklarini tushuntirar ekan. 

Hozircha ushbu xizmat orqali matnli xabarlarni yuborish mumkin. Ammo 2025 yilga kelib, qo‘ng‘iroqlar va internet esa 2025 yilda ishga tushiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikalik milliarder Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi Falcon Heavy raketasi yordamida AQSH Qurolli Kuchlarining X-37B eksperimental uchuvchisiz kosmik samolyotini koinotga yuborgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

SpaceX Ilon Mask Starlink

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing