Koronavirus va Xitoyning iqtisodiy lokomotivi – kimning qo‘li baland keldi?
Olam
−
17 aprel 2020
4677Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’siri tufayli Xitoy iqtisodiyotining rivojlanish dinamikasi yanvar-martni o‘z ichiga olgan holda 1992 yildan beri birinchi marta salbiy natijani qayd etdi. I chorakda mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 6,8 foizga tushdi. Bu haqda bugun, 17 aprel kuni XXR Davlat statistika boshqarmasi (DSB) xabar berdi.
2019 yilning I choragida bu natija 6,4 foizni tashkil etgan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatning uch oylik yalpi ichki mahsuloti 20,65 trln yuanni (hozirgi kurs bo‘yicha taxminan 2,92 trln dollar) tashkil etdi. Ko‘rsatilgan davrda qishloq xo‘jaligi sektori 3,2 foizga kamayib, 1,02 trillion yuanga (142,82 milliard dollarga yaqin), sanoat 9,6 foizga, 7,36 trillion yuanga (1,04 trln dollar), xizmat ko‘rsatish sohasi - 5,2 foizga, 12,27 trln yuanga (1,73 trln) tushib ketdi.
“Birinchi chorakda YAIM dinamikasi muammosiga ob’ektiv yondashish kerak: nafaqat joriy yil ko‘rsatkichlarini, balki pandemiya tufayli yuzaga kelgan raqamlarni, o‘tgan yillardagi muntazam statistika bilan taqqoslash to‘g‘ri emas. Koronavirus kutilmaganda va juda ko‘p mauammo paydo qildi. Shu sababdan taqqoslashni soddalashtirmaslik va xotirjamlikni saqlash zarur”, dedi Davlat statistika xizmati rasmiy vakili Mao Shenyun.
Xitoyda yalpi ichki mahsulot o‘sishi vaqt o‘tishi bilan sekinlashmoqda. 2017 yilda u 6,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilda 6,6 foizgacha, 2019 yilda esa Xitoy iqtisodiyoti 99 trln yuanni (taxminan 14,4 trln dollar) tashkil etganida 6,1 foizga yetdi.
Odamlarning real daromadlari qanday?
Xitoyda jon boshiga real daromadlar yiliga 3.9 foizga kamaydi va chorak davomida 8 561 yuan (taxminan 1,2 ming dollar) ni tashkil qildi.
Ta’kidlanishicha, bu ko‘rsatkich, ayniqsa, qishloq aholisida sezilib, 4,7 foizga pasaygan.
Umuman olganda, Xitoydagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat barqarorligicha qolmoqda, ammo global iqtisodiyotdagi xatarlar kuchaymoqda. Noma’lumliklar yanada sezilarli bo‘lib bormoqda.
Sanoat sektoridagi o‘zgarishlar
Joriy yilning birinchi choragida Xitoyning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish sektori o‘tgan yilga nisbatan 8,4 foizga kamaydi.
Hisobotga ko‘ra, mart oyida tegishli ko‘rsatkich 1,1 foizga pasaygan.
Agar e’tibor beriladigan bo‘lsa, so‘nggi yillarda mamlakat sanoatida ishlab chiqarish dinamikasi asta-sekin pasayib borayotganini ko‘rish mumkin. 2017 yilda u 6,6 foizni, 2018 yilda esa 6,2 foizni tashkil etdi. 2019 yil iqtisodiyotning ushbu sektorida o‘sish miqdori 5,7 foizni ko‘rsatgan.
Chakana savdodagi yangilanishlar
Mazkur davrda iste’mol tovarlarini chakana sotish hajmi 7,85 trln yuanni (joriy kurs bo‘yicha 1,01 trln. dollarni) tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbatan 19 foizga kamayganini ko‘rsatdi.
Qishloq joylarida savdo o‘sish dinamikasi salbiy bo‘lib, -17,7 foiz, shaharlarda 19,1 foizni tashkil etdi.
Xitoyda chakana savdo o‘sish sur’atlarining sekinlik bilan pasayishi kuzatilgan. 2016 yilda u 10,4 foizga, 2017 yilda 10,2 foizga, 2018 yilda 9 foizga, 2019 yilda esa 8 foizga o‘sgan.
Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda iqtisodiy o‘sishining yarmidan ko‘pi ichki iste’mol hisobiga amalga oshiriladi.
Investitsiya muhitida nimalar bo‘ldi?
Mamlakatning asosiy kapitaliga investitsiyalar kiritish yiliga 16,1 foizga kamayib, 8,41 trln. yuanga (hozirgi kurs bo‘yicha 1,18 trln. dollarga) tushib ketdi.
Qishloq xo‘jaligidagi korxonalarga kapital qo‘yilmalar oqimi 13,8 foizga, sanoatda 21,9 foizga, xizmatlar sohasiga esa 13,5 foizga kamaygan.
Umuman olganda...
Umuman olganda Xitoy iqtisodi koronavirus sabab zarar ko‘rdi, ammo sezilarli ravishda emas. Xalqaro va mahalliy eksportlar bunga sabab etib turli omillarni ko‘rsatgan.
Birinchidan, Xitoy kichik va o‘rta biznes sektorini qo‘llab-quvvatladi. Bu odamlarning ishsiz qolish darajasini maksimum kamaytirdi.
Ikkinchidan, mamlakatda mavjud xavfsiz investitsiya tizimi xorij sarmoyasini aylanmasiga to‘siq bo‘la olmadi. Sodda qilib tushuntirganda, xorijlik sarmoyadorlar pullarini mamlakatdan olib chiqishga shoshilmadi, uning mustahkamligiga ishondi.
Uchinchidan, hukumat tomonidan pishiq va puxta ishlab chiqilgan rejalar ham qaysidir ma’noda iqtisodning barcha sektorlarini qamrab oldi va “arava birdek tortildi”. Bu yo‘lda davlat ham, xalq ham birdek, xuddi poyezd g‘ildiraklari relsda aniq mexanizm asosida harakat qilganidek, harakatlandi. Natijada, og‘ir lokomativ oldingidek jadal yurmayotgan bo‘lsa-da, biroq to‘xtab qolmadi.
LiveBarchasi