“Sovuq urush davridagidan ham xavfli”. BMT dunyodagi vaziyatdan xavotirda 

Olam

image
0:00
0:00
download

Dunyo “Sovuq urush” davridagidan ko‘ra xaotik va oldindan aytib bo‘lmaydigan xavfli vaziyatda. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish ma’lum qildi.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Sovuq urush” ikki blok o‘rtasida olib borilgan, har birining o‘z ittifoqchilari bo‘lgan, bloklararo mojarolarning oldini olishning aniq qoidalari va mexanizmlari mavjud bo‘lgan. Bashorat qilish mumkin bo‘lgani tufayli “Sovuq urush” hech qachon bloklar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvga aylanmagan.

“Biz hozir ko‘rayotgan narsamiz ancha tartibsizroq va oldindan aytib bo‘lmaydigan narsa, bizda inqirozlarni yengish uchun vositalar yo‘q. Demak, biz, shubhasiz, juda xavfli vaziyatdamiz”, degan Guterrish. 

Shuningdek, u dunyoda yadro kallaklari soni 13 mingtaga yetganini, bu mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holat ekanini ta’kidlagan. 

Eslatib o‘tamiz, Guterrish yanvar oyi boshida jahon tashkilotining barcha mamlakatlarini yadroviy qurollarni nazorat qilish bo‘yicha muloqotga chaqirgandi. 

Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma 1968 yilda imzolangan. U Buyuk Britaniya, Rossiya, Xitoy, Fransiya va AQSHning yadroviy arsenallarini qonuniylashtirib, ushbu davlatlar uchun yadroviy kuchlar maqomini ta’minladi. Hujjatni imzolagan boshqa davlatlar ommaviy qirg‘in qurolini yaratish yoki sotib olish huquqidan mahrum. Hozirda 190 dan ortiq davlat shartnomada ishtirok etmoqda. Hindiston, Pokiston va Isroil shartnomadan tashqarida qolmoqda. 2003 yil yanvar oyida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi shartnomadan chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

BMT

Baholaganlar

469

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing