Mirziyoyev BMT Bosh kotibi o‘rinbosarini qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 2 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, Yevropa iqtisodiy komissiyasi Ijrochi kotibi Tatyana Molchanni qabul qildi. Bu haqda Prezident axborot xizmati xabar berdi.

Suhbat avvalida Tatyana Molchan Mirziyoyevga BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning salomi va ezgu tilaklarini yetkazgan.

Shuningdek, mintaqa va mamlakat miqyosidagi loyihalarni amalga oshirish hamda o‘tgan yil noyabr oyida Baku shahrida BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPEKA) birinchi sammitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish masalalari muhokama qilingan.

Davlat rahbari komissiya 2030 yilga qadar Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi muhim o‘rnini, uning transport, innovatsiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va gender tenglik, O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi masalalaridagi ko‘magini qayd etgan.

Bundan tashqari, 2030 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan SPEKAni rivojlantirish konsepsiyasini tez fursatda qabul qilish, dasturning Maqsadli jamg‘armasini ishga tushirish va qator konseptual hujjatlarni tayyorlash muhimligi ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Tat'yana Molchan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing