Sooronbay Jeenbekov oilasi bilan Qirg‘izistonni tark etdi
Olam
−
02 fevral 2021
28927Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Sooronbay Jeenbekov oilasi bilan Qirg‘izistonni tark etdi. Bu ma’lumotni “24.kg” axborot agentligiga sobiq davlat rahbari atrofidagi manbalar tasdiqlagan.
Sobiq Prezidentning matbuot kotibi Tolgonay Stamaliyevaning ta’kidlashicha, Sooronbay Jeenbekov Makkaga kichik haj – Umra amallarini bajarish uchun borgan.
“U va uning rafiqasi ertalab Istanbulga uchib ketdi, ular Jidda (Saudiya Arabistoni) tomon yo‘l oladi. E’tibor bering, eks-prezident Sooronbay Jeenbekov ushbu safarni Saudiya Arabistoni qiroli taklifiga binoan amalga oshirmoqda. U buni 2020 yil noyabridan beri rejalashtirayotgan edi. Pandemiya tufayli ziyoratchilarga kirish taqiqlangan va protsedura bo‘yicha ushbu tashrif uchun rasmiy taklifnoma talab qilinadi. Taklifnoma 2021 yil fevral oyining boshida olingan”, deydi Tolgonay Stamaliyeva.
Ta’kidlanishicha, Jeenbekov bir kun oldin “Manas” xalqaro aeroportidan Istanbulga uchib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, Sooronbay Jeenbekov Qirg‘izistondagi tartibsizliklar sababli 2020 yil 15 oktyabrda iste’foga chiqishga majbur bo‘lgan edi.
Keyinchalik Sooronbay Jeenbekov sobiq amaldor Duyshenbek Zilaliyev ishi bo‘yicha ko‘rsatma berish uchun sudga chaqirildi.
Jeenbekovning advokati Jirgal Babayev sobiq vitse-vazir Duyshenbek Zilaliyevning ishi bo‘yicha mijozining Bishkek shahar sudiga chaqirilishiga izoh berdi.
LiveBarchasi