Sooronbay Jeenbekov Qirg‘izistonning yangi Bosh vazirini tayinladi

Olam

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronovni yangi hukumat shakllantirilguncha Vazirlar Mahkamasi rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinladi.

“Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekovning farmoni bilan Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari vazifasini bajarayotgan Boronov Kubatbek Ayilchiyevichga Qirg‘iz Respublikasining yangi Hukumati tarkibi shakllantirilguncha Bosh vazir vazifasini bajarish topshirildi”, deyiladi Prezident Matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, sobiq Bosh vazir Muhammadkaliy Abilgaziyevning iste’fosiga mamlakat parlamenti – Joqorg‘i Keneshning Hukumat rahbari korrupsiyaga aralashgani haqidagi ayblovi sabab bo‘ldi. May oyi o‘rtasida mamlakat parlamenti Bosh vazir 200 MGs spektrli radiochastotalarni noqonuniy sotishga aloqador bo‘lishi mumkinligini aytib chiqqandi.

Boronov 2018 yildan beri Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib keladi. Bungacha 7 yil davomida Favqulodda vaziyatlar vaziri bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Kubatbek Boronov

Baholaganlar

117

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing