Somalida avtobus portlatildi. Qurbonlar soni 100 ga yaqin

Olam

image

Bugun, 28 dekabr kuni Somali poytaxti Mogadisho shahrida minalashtirilgan yo‘lovchi avtobusi portladi. Natijada hozirgacha 90 nafar odam halok bo‘ldi. Bu haqda Somali parlamenti a’zosi Abdurazzoq Muhammad ma’lum qildi.

“Menga qurbonlar soni 90 nafardan ko‘pligi haqida ma’lumot berishdi. Ularning 17 nafari Somali politsiyasi xodimlari, 73 nafari oddiy aholi vakillari va 4 nafari chet ellik”, deb yozgan parlament a’zosi Twitter`dagi sahifasida.

Hozircha Somalida faol bo‘lgan hech bir guruh bu portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Somali

Baholaganlar

132

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing