Somali Prezidenti xavotirda. U AQSH harbiy kuchlarini olib qolishni xohlayapti
Olam
−
16 Oktabr 2020 5521 1 daqiqa
Somali Prezidenti Muhammad Abdallah Farmajo AQSH harbiy kuchlarining Somalidan olib chiqib ketilishini xohlamaydi. Bu haqda u o‘zining Twitter'ida yozib qoldirgan.
"AQSH harbiy ko‘magi "Ash-Shabab" terrorchilariga qarshi kurashni samaraliroq qiladi. Shuningdek, u Somali yarim oroli xavfsizligini ta’minlashga ham hissa qo‘shadi", deb yozgan Farmajo.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Somali va AQSH o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar xavfsizlik sohasida ham o‘z aksini topishi kerak.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda Somalida 700 nafar AQSH harbiylari bor.
Avvalroq, AQSH Prezidenti Donald Tramp AQSH qo‘shinlarini Somalidan olib chiqib ketish niyatida ekanligi aytilgandi.
Ma’lumot uchun, Pentagon bu borada rasmiy bayonot bermagan.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr