Soliq qo‘mitasi QQS ma’murchiligi bo‘yicha ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Davlat soliq xizmati organlari soliq islohotlarining yangi davrida qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’murchiligiga va soliq hisobotlarini soddalashtirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hisobot shakllarining 9 ta ilovasi 5 taga kamaytirilgan bo‘lsa, hisobvaraq-fakturalarning elektron ko‘rinishi sinov tariqasida Navoiy va Sirdaryo viloyatlari hamda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida qo‘llanilmoqda.

Natijada joriy yil I choragi yakunlariga ko‘ra, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari soni 5 barobarga ko‘payib, 35 mingtaga yetgan. Ushbu soliq orqali tushgan mablag‘lar 5,2 trln so‘mni tashkil qilgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 barobarga oshgan.

Shu bilan birga, joriy yildan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘loviga o‘tgan 26 mingta yangi soliq to‘lovchilarning 7,4 mingtasi hisobotlarini nol va 5,5 mingtasi manfiy summada taqdim etgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 4 aprel kuni 2019 yilning I choragi yakunlari bo‘yicha Davlat byudjetiga tushumlar va eksport prognozlari ijrosi natijadorligi hamda I yarim yillik uchun belgilangan ko‘rsatkichlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning samarali va sodda mexanizmlari ishlab chiqilmaganligi tanqid qilingandi.

Hozirda qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’murchiligini to‘liq avtomatlashtirish va tadbirkorlik sub’ektlariga qulay raqobat sharoitini yaratish bo‘yicha tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish maqsadida Jahon bankining ekspertlar guruhi bilan birgalikda ish olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

QQS soliq qo'mitasi

Baholaganlar

4

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing