Soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal institut joriy etiladi

Jamiyat

image

Soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal institut joriy etiladi. Unda soliq organlari xodimlari soliq nazorati bo‘yicha malakasini oshiradi, ularga sohadagi yangi bilimlarni berish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda bugun, 24 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida aytib o‘tildi.

Fiskal atamasi ilk bor Rossiya imperatori Pyotr I davrida ishlatilgan. Fiskal lavozimidagi shaxslarning vazifasi o‘sha davrda sud va moliya sohasida shaxslar faoliyatini nazorat qilish va ularga ko‘mak berishdan iborat bo‘lgan. Hozirda fiskal lavozimi rivojlangan davlatlarda moliya, soliq va boshqa sohalarda joriy qilingan.

Ayni paytda O‘zbekistonda soliq sohasida fiskal ma’lumotlar operatori mavjud bo‘lib, onlayn rejimida fiskal ma’lumotlarni mustaqil va doimiy ravishda qabul qilish, qayta ishlash va saqlash ishlarini bajaradi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi DUKka bu vazifa topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Soliq qo'mitasi

Baholaganlar

61

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing