Toshkent va Surxondaryodagi 6 ta tuman soliq inspeksiyasiga yangi rahbarlar tayinlandi
Jamiyat
−
27 noyabr 2023
5044Toshkent shahar va Surxondaryo viloyatidagi 6 ta tuman soliq inspeksiyasiga yangi boshliqlar tayinlandi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.
Toshkent shahar
Rustam Ashurmatov Mahmudjonovich Yashnobod tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1978 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Shayxontohur tumani hokimiyatida bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Surxondaryo viloyati
Rashid Jo‘rayev Rustamovich Angor tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1990 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Sherobod tumani soliq inspeksiyasida sho‘ba boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Bobur Haydarov Qudratqulovich Denov tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1988 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Denov tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shuhrat Jumayev Allaberdiyevich Bandixon tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1976 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Sherobod tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Tohirjon Sarmanov Mamarajabovich Boysun tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1991 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Bandixon tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Bahriddin Akramov Barakayevich Sherobod tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1968 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Boysun tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Soliq qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi 9 ta tuman (shahar) soliq inspeksiyalariga yangi boshliqlar tayinlangandi.
LiveBarchasi