Toshkentda soliq idoralari mansabdorlariga “ov boshlandi”
3-sahifa
−
19 dekabr 2023
15852Toshkentda yashirin tadbirkorlik sub’ektlarining noqonuniy faoliyatlariga yordam bergan soliq idoralari mansabdor shaxslari hibsga olindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Soliq qo‘mitasining Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’muriyatchiligi boshqarmasining QQS to‘lovchilarini maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i hamda qo‘mitaning Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish departamenti direktori o‘rinbosari qo‘lga olingan.
Bundan tashqari, Toshkent shahar Soliq boshqarmasi kameral soliq tekshiruvlar sho‘’basi boshlig‘i ham ushlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) hamda mansab soxtakorligi moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ushbu shaxslar gumonlanuvchi tariqasida hibsxonaga joylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov qamoqqa olingani haqida xabar bergan edik. U Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinuvchi tariqasida qamoqqa olingandi.