Soliq inspektori 15 ming dollar pora olayotganda qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Samarqand hamda Namangan viloyatlarida pora olayotgan soliq inspektori va firma advokati ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, Samarqand viloyati Davlat soliq boshqarmasi soliq nazorati bo‘limi bosh inspektori Pastdarg‘om tumanidagi mas’uliyati cheklangan jamiyatda 2,5 mlrd so‘mlik soliq qarzdorligini hamkasbi orqali 1 mlrd so‘mga tushirib berish evaziga 15 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Boshqa bir holat esa Namangan viloyati Namangan shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik firmasi xodimi tomonidan sodir etilgan.

Firma advokati mahalliy fuqaroning ma’muriy sudda ko‘rilayotgan mulkiy nizo bilan bog‘liq masalasini sud idoralarida ishlovchi tanishlari orqali uning foydasiga hal qilib berishni va’da qilgan. Buning evaziga 10 ming AQSH dollari, shuningdek, ko‘rilayotgan ish doirasida ekspertiza xulosasini rasmiylashtirib berish uchun 2 ming AQSH dollari, jami 12 ming AQSH dollari talab qilgan. Oldindan 7 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlangan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168- (firibgarlik) va 28-, 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Shohjahon Majitov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

pora Soliq inspektori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing