Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga 3 mlrd so‘m to‘landi

Jamiyat

−

image

2026 yilning yanvar oyida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 12 486 ta murojaat kelib tushdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Murojaatlarning 1 739 tasi takroriy bo‘lgani yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik sub’ektida tekshiruv davom etayotganligi sababli ko‘rib chiqilmagan.

Murojaatlar asosida 5 198 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilib, 99 foiz holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 4 782 ta holat bo‘yicha (undirilgan jarima summasidan 20 foiz) 3 mlrd so‘m mukofot to‘langan.

Murojaatlarning asosiy qismi quyidagicha:

  • 10 879 tasi xarid cheki bermaslik;
  • 510 tasi to‘lovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
  • 34 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
  • 1 063 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing