Soxta Green Card yutug‘i uchun jami 4 mlrd so‘m undirgan shaxslar qamaldi

3-sahifa

image

Samarqand va Jizzax viloyatida yashovchi odamlarni Green Card yutganiga ishontirib, 4 milliard so‘m miqdoridagi pulni o‘zlashtirgan bir guruh shaxslar qamaldi.

Qayd etilishicha, muqaddam firibgarlik jinoyati bilan sudlangan, Samarqand shahrida yashovchi 35 yoshli jinoiy guruh rahbari mas’uliyati cheklangan jamiyat tashkil etgan. Unga 24-25 yoshli qizlarni ishchi sifatida yollagan. Ularning rejasiga ko‘ra, uyushgan guruh a’zolarini MCHJning Samarqand hamda Jizzax shahridagi filiallariga mas’ul shaxs etib tayinlagan.

Go‘yoki ular o‘zini Green Card’dan yutuq chiqqan qiz sifatida tanishtirib, qo‘lga kiritgan pullarni guruh rahbariga yetkazib turgan.

Jabrlangan fuqarolarga ko‘ra, guruh rahbari Green Card yutgan qizlar bilan nikoh guvohnomasi qildirib, viza olish uchun barcha hujjatlarni to‘g‘rilab berishni va’da qilgan.

Shuningdek, yutuq chiqmagan fuqarolarga yutuq chiqqanini aytib, qarz shartnomasi, xizmat ko‘rsatish shartnomasi va shunga o‘xshash soxta shartnomalarni tuzgan. Fuqarolarga aviachipta olib berish va AQSH elchixonasidan viza olish uchun qo‘lga kiritilgan pullarni MCHJning hisob raqamiga kirim qilgani to‘g‘risida soxta hujjatlar ko‘rsatgan.

Jinoiy guruh jizzaxlik 19 nafar, samarqandlik 45 nafar jabrlanuvchining jami 4 mlrd so‘mini o‘zlashtirgan va manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborgan.

Ushbu holat Jinoyat qidiruv bo‘limi Samarqand shahar sudining ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilgan. Guruh a’zolarining ayrimlariga nisbatan 9 yilu 9 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, jinoiy guruhdagi 3 nafar qiz esa 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik Green Card

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing