Sog‘lom uyqu uchun nimalarga e’tibor qaratish kerak?

Salomatlik

image

Ko‘p odamlar hayotlarining uchdan bir qismini uxlash bilan o‘tkazishini ko‘pchilik bilmasa kerak. Agar sizning uyqungiz yaxshi va sog‘lom bo‘lsa, hujayralaringiz tezroq yangilanadi, bu esa qarishni susaytiradi, ya’ni uyqu sifati sog‘ligingiz uchun juda muhimdir. 

Yaxshi uxlash sizga to‘liq dam olish va chiroyli formada bo‘lish imkoniyatini beradi. 

Quyida yaxshi va sog‘lom uyqu uchun 10 maslahatni taqdim etamiz: 

1. Har doim bir xil vaqtda yotishga va uyg‘onishga o‘rganing. 

2. Agar uyquga yotgandan so‘ng 15-20 daqiqa uxlay olmasangiz, o‘rningizdan turing, o‘zingizni charchatadigan yoki tinchlantiradigan mashg‘ulot bilan shug‘ullaning. 

3. Kechqurun juda ko‘p ovqatlanmang, lekin och ham yotmang. 

4. Agar kechqurun uxlashga qiynalsangiz, kunduzgi uyqudan voz keching. 

5. Yotishdan oldin xonani shamollating va yotoqxonadagi harorat yaxshi ekanligiga ishonch hosil qiling. 

6. Uxlashdan oldin bir stakan sut iching, chunki uning tarkibida dam olishga yordam beruvchi kalsiy va boshqa foydali moddalar mavjud. 

7. Qahva va spirtli ichimliklar ichishdan saqlaning. 

8. Uxlashdan oldin iliq vanna qabul qiling. 

9. Uyqudan avval jismoniy mashg‘ulotlar yoki qiyin vazifalar qilishdan saqlaning. 

10. O‘zingizni qulay his qiladigan katta to‘shakda uxlang.


Maqola muallifi

Teglar

uyqu

Baholaganlar

336

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing