Sog‘lom, miyasi butun odam Rossiyaga qaytmaydi – Pugachyova tanqidlarga javob berdi

Madaniyat-san’at

image

Bugun, 6 mart kuni rossiyalik qo‘shiqchi Alla Pugachyova aktyor va prodyuser Stas Mixaylovning tanqidlariga javob berdi. Bu haqda u o‘zining Instagram'dagi sahifasida video joyladi.

Ma’lum bo‘lishicha, rus primadonnasi Mixaylovning mamlakatni tark etgan mashhurlar "hali tiz cho‘kadi" qabilidagi so‘zlariga kulib, munosabat bildirgan.

"Stasik Mixaylov, sizga nima bo‘ldi? Bu men, ovozsiz qo‘shiqchi, keksa Alla Pugachyovaman. Ha, men sizning oldingizda tiz cho‘kkan bo‘lardim, lekin oyoqlarim og‘riydi. Rossiyadan ketgan sog‘lom, miyasi butun odam u yerga yana qaytib bormaydi. Davring kelganda davroningni surib, pul ishlab ol”, degan u videotasvirda.

Ma’lumot uchun, avvalroq Mixaylov vatanini qoralayotgan hamkasblari chegaradan chiqib ketayotganini aytib, Pugachyovaga ham ishora qilgandi. Aktyor Rossiya ularni mashhur qilganini ta’kidlab, ular hali tiz cho‘kib kelib, Rossiyaning "oyog‘ini o‘pishi” haqida gapirgandi.

Ulkanbayeva Rayhona


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Alla Pugachyova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing