Alla Pugachyovaning qasri “xorijiy agentlar” uchun qamoqxonaga aylantiriladi 

Olam

image

Rossiyalik qo‘shiqchi Alla Pugachyovaning qasrini sotib olgan musiqachi, shoir, xonanda, shoumen Stas Baretskiy u yerda “xorijiy agentlar” ro‘yxatiga kiritilgan san’atkorlar uchun shaxsiy qamoqxona ochishga qaror qildi. Bu haqda u “News.ru” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Baretskiyning so‘zlariga ko‘ra, qasrdagi binolar xuddi qamoqxonani eslatadi. Binoda ko‘plab uzun yo‘laklar, ularning ikki yon tomonida xonalar bor. U yerda “xorijiy agentlar” vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlar kuylab, sahna ko‘rinishlarini namoyish etadi. 

“Xususiy armiyamiz bor, nega endi xususiy qamoqxona bo‘lmasin? Biz ayblanuvchilarni jazolamaymiz, balki qayta tarbiyalaymiz. “Xorijiy agent” bo‘lgan san’atkorlar vatanga muhabbat haqida kitoblar o‘qib, vatanparvarlik bilan shug‘ullanadi”, deydi Baretskiy.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ayrim nashrlar Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi Adliya vazirligiga qo‘shiqchi, rus primadonnasi Alla Pugachyovani “xorijiy agent” sifatida tan olish bo‘yicha so‘rov yuborganini ma’lum qilingandi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

qamoqxona Alla Pugachyova xorijiy agentlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing