Sog‘liqni saqlash vaziri ishdan olindi
Jamiyat
−
20:03 4540 1 daqiqa
Bugun, 5 may kuni Asilbek Anvarovich Xudayarov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Eldor Erkinovich Odilov O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti sho‘ba mudiri lavozimidan ozod etildi.

Bundan ilgariroq Eldor Odilov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan.
Ma’lumot uchun, Asilbek Xudayarov 2024 yilning yanvaridan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgan edi. Shuningdek, muqaddam u sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. Keyingi yillarda Prezident Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi rahbari sifatida ishlagan. 2023 yilning oktyabrida Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan
Live
Barchasi