Eldor Odilov SSV rahbari bo‘ldi. Unga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 5 may kuni Eldor Erkinovich Odilov O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni imzolandi.

Qayd etilishicha, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti sho‘ba mudiri lavozimidan ozod etilgan. Bundan ilgariroq Eldor Odilov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan.

Shuningdek:

  • Otabek Sunnatovich Imomov O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;
  • Jaloliddin Sharafutdinovich Asamutdinov O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga;
  • Adham Yusupovich Xudayqulov O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
  • Sherzod Dilmuratovich Muhammedov O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
  • Ilhomjon O‘rinboy o‘g‘li Umrzoqov O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari – Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish departamenti direktori lavozimidan ozod etilgan.

O‘z navbatida:

  • Alisher Shukrullayevich Boboyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan;
  • Elmira Erkinovna Bositxanova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan;
  • Farhodjon Muhammadjonovich Toshpo‘latov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Asilbek Anvarovich Xudayarov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Sog'liqni saqlash vaziri Eldor Odilov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing