Elmira Bositxonova SCBdan ketmagan
Jamiyat
−
16 may 8618 2 daqiqa
Avvalroq, Elmira Erkinovna Bositxonova Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergandik. QALAMPIR.UZ manbasiga ko‘ra, Bositxonova joriy yilning 6 may kunidan boshlab vazir maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Qayd etilishicha, Bositxonova O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining Onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ish boshlagan. Mazkur tayinlov haqidagi rasmiy buyruq esa kecha, 15 may kuni imzolangan.
Ma’lumot uchun, Elmira Bositxonova 1958 yil 10 noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1981 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini umumiy tibbiyot mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
1981 yildan 2011 yilgacha u avval stajyor, keyin anesteziolog-reanimatolog, keyinchalik esa, Toshkent shoshilinch tibbiy yordam klinik kasalxonasida bo‘lim mudiri va bosh shifokori lavozimlarida ishlagan.
2011 yilning iyun oyida u O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari va O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib tayinlangan.
2016 yil 12 dekabrdan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
2019 yilning iyunidan 2020 yilning 19 fevraligacha O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari, shuningdek, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimlarida ham ishlagan.
2020 yil Prezident Shavkat Mirziyoyev uni IV chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib tayinladi.
2020 yil fevral oyidan beri Bositxonova O‘zbekiston Mahalla va oila masalalari vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
2020 yilning 3 iyulidan 2026 yil 5 mayigacha u O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Eldor Odilov O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangandi.
Live
Barchasi