Sog‘liqni saqlash uchun ajratilgan 519,5 mlrd nega ishlatilmadi?

Jamiyat

image

Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida Davlat byudjetidan sag‘liqni saqlash tizimiga ajratilgan 519,5 mlrd so‘m o‘zlashtirilmay qolgan. Bu haqda kecha, 21 noyabr kunning ikkinchi yarmida Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2019 yil to‘qqiz oyligidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot ko‘rib chiqilayotganda ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda mablag‘lar xarajat qilinmay qolganiga to‘xtalib, mablag‘larning o‘zlashtirilmaslik sabablari o‘tgan yillar byudjet ijrolarida ham uchraganini tanqid qilindi.

O‘zbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi vakillari 2019 yil 9 oyi davomida umumta’lim sohasiga Davlat byudjetidan yo‘naltirilgan mablag‘lar miqdori 14,2 trln so‘mni tashkil etgani va bu, o‘z navbatida, tizimda sifat o‘zgarishlari uchun turtki bo‘lganini alohida e’tirof etib o‘tdildi. Ushbu mablag‘lar tizimda ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish, maktab ta’limi tizimidagi rahbar va pedagog xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yoshlarni aniqlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, respublikaning chekka hududlarida pedagoglar tanqisligining oldini olish hamda boshqa masalalarga yo‘naltirilgani quvonarli hol, sifatida baholandi.

Shu bilan birga, fraksiya a’zolari sog‘liqni saqlash sohasiga ajratilgan 519,5 mlrd so‘mlik mablag‘lar xarajat qilinmay qolganiga to‘xtalib o‘tar ekan, mablag‘larning o‘zlashtirilmaslik sabablari o‘tgan yillar byudjet ijrolarida ham uchraganini tanqid qildi. Shu bois, o‘zlashtirilishi ta’minlanmagan sohalardagi muammolarni joriy yilning oxirigacha hal etishda mutasaddi rahbarlar mas’uliyatini oshirish zarurligi qayd etildi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

byudjet sog'liqni saqlash

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing