Sog‘liqni saqlash kodeksi ishlab chiqildi

Jamiyat

image

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash kodeksi loyihasi ishlab chiqildi va muhokamaga qo‘yildi.

Hujjatda sog‘liqni saqlash sohasiga oid amaldagi qonunlar, qarorlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar normalari birlashtirilgan va birxillashtirilgan. Hujjat 21 bob va 180 moddadan iborat.

Kodeks loyihasiga sog‘liqni saqlash sohasidagi asosiy atamalar va tushunchalar bo‘limi ham kiritilgan. Sog‘liqni saqlash tizimi va tibbiy yordamni tashkil etish batafsil yoritilgan.

Kodeksda tibbiyot va farmatsevtika faoliyatini tartibga solish, ko‘rsatiladigan xizmatlar turi va hajmini belgilash nazarda tutilgan. Sog‘liqni saqlash sohasidagi huquqiy munosabatlar tomonlarining huquq va majburiyatlari, shuningdek ayrim turdagi tibbiyot va farmatsevtika faoliyatini huquqiy tartibga solish belgilangan.

Loyihada davlat tomonidan tartibga solish, sohani boshqarish, tibbiyot muassasalarida nazorat va kuzatuvni, shuningdek sog‘liqni saqlash sohasida idoralararo o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish tartibi keltirilgan. Kodeksda sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish mexanizmlari bayon etilgan bo‘limlar ham mavjud. Bundan tashqari, sanitariya-epidemiologik nazoratni tashkil etish batafsil ko‘rib chiqilgan.

Sog‘liqni saqlash sohasidagi ta’lim va ilmiy faoliyatni tartibga solishga alohida e’tibor qaratilgan.

Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

kodeks

Baholaganlar

113

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing