Sochini suv bosdi. Shahar toshqindan keyin qay ahvolda? (fotoreporataj)

Olam

image

Rossiyaning Sochi shahrini kuchli yog‘ingarchilik sabab suv bosdi. Bir soatda 55 millimetr yog‘in yog‘ishi ortidan shaharda mehmonxonalar vayron bo‘ldi, avtomobillar zarar ko‘rdi. “Mir 24” nashrining yozishicha, faqatgina sohilbo‘yi infratuzilmasidan 100 tonnaga yaqin chiqindi chiqarilgan.

Shahar tarixidan eng kuchli toshqinlardan biri sifatida ko‘rilayotgan tabiiy ofat oqibatida 16 ta ko‘chani suv bosgan.

Toshqindan keyingi tozalashga bolalar ham jalb qilingan. Qora dengiz sohilidagi dam olish maskanlari ikki kundan beri tartibga keltirilmoqda. Minglab kommunal xizmatchilar ko‘chalarni tonnalab chiqindi va qulagan daraxtlardan tozalayapti va yerto‘lalardan suvni chiqarib olyapti.

“Mashinalar dumalab, oqib ketdi. Bechora qo‘shnilarim, mashinadan ayrildi, axir”, degan voqeaga guvoh bo‘lgan fuqaro.

Rasmiylar, aholi va sayyohlar yetkazilgan zararni hisoblamoqda. Minglab binolar va mashinalar vayron bo‘lib, suv bosgan ko‘chalarda chiplardek suzib yurib, oxir-oqibat metallolom uyumiga aylandi. Aksariyat avtoulovchilar sug‘urta qilinmagani aytilmoqda. Toshqin vaqtida bir kishi halok bo‘lgan.

Shahar rahbari yomon ob-havodan jabrlanganlarning barchasiga tovon puli berilishini aytdi. Ammo yordam hajmi hali e’lon qilinmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Sochi suv toshqini

Baholaganlar

168

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing