Sochida kuchli yomg‘ir yog‘ib, ko‘chalarni suv bosdi (video)

Olam

image

Bugun, 25 sentyabrga o‘tar kechasi Sochida kuchli yomg‘ir yog‘di. Lazarevskiy tumani Vardane mikrorayonidagi federal yo‘lning qatnov qismini suv bosdi. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” nashri xabar bermoqda

Qayd etilishicha, kuchli yomg‘ir Sochining tog‘li hududlariga yog‘gan. Vardane mikrorayonidagi A-147 Djubga-Sochi yo‘lining 100 metrli qismini suv bosgan. Hozirda ko‘chalardagi harakat to‘xtatilgan. 

Ma’lum qilinishicha, shahar ma’muriyati barcha plyajlarni yopib qo‘ygan va haydovchilardan zarurat bo‘lmaganda ko‘chalarda harkatlanmaslikni so‘ragan. Ma’muriyat, shuningdek past tekisliklarda, relefning burmalarida yoki suv sathi tez ko‘tariladigan joylarda daryo tubiga yaqin joyda to‘xtamaslikni so‘ragan. 

Xabarga ko‘ra, ertalab soat 9:30 holatiga ko‘ra, yog‘ingarchilik intensivligi pasaygan. Ammo kun oxirigacha yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

suv toshqini

Baholaganlar

153

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing