Sobolenko ketma-ket to‘rtinchi bor “Australian Open” yarim finaliga chiqdi

Sport

image

Kecha, 27 yanvar kuni dunyoning birinchi raqamli raketkasi, belaruslik Arina Sobolenko mavsumdagi ilk “Katta dubulg‘a” turniri — Avstraliya ochiq chempionatida ketma- ket to‘rtinchi marta turnirning yarim finaliga yo‘l oldi. 

Chorak final bahsida 27 yoshli Sobolenko dunyoning 27-raketkasi bo‘lgan, 18 yoshli amerikalik Iva Yovichni ikki set natijasiga ko‘ra 6/3, 6/0 hisobida mag‘lub etib, turnirning yarim finaliga yo‘l oldi.

Final yo‘llanmasi uchun Sobolenko Kori Gauff (AQSH) – Elina Svitolina (Ukraina) juftligi g‘olibi bilan bahs olib boradi.

Shu tariqa, Sobolenko faoliyatidagi 14-“Katta dubulg‘a” yarim finaliga chiqdi hamda Melburnda ketma-ket to‘rtinchi marta ushbu bosqichga yetib keldi. Belaruslik tennischi 2023 va 2024 yillarda Avstraliya ochiq chempionatida g‘olib bo‘lgan, biroq o‘tgan mavsumda finalda amerikalik Medison Kizga imkoniyatni boy bergan edi.

Ma’lumot uchun, “Australian Open” joriy yilning 1 fevral kuni yakunlanadi. Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi qariyb 75 million AQSH dollarini tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

“Katta dubulg'a” Arina Sobolenko “Australian Open”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing