Sobolenko Indian-Uells turniri chempioni bo‘ldi
Sport
−
16 mart 880 1 daqiqa
Kecha, 15 mart kuni AQSHning Indian-Uells shahrida ATP 1000 toifasiga kiruvchi turnir finali bo‘lib o‘tdi. Unda to‘rt karra “Katta dubulg‘a” turniri g‘olibi va dunyoning birinchi raqamli tennischisi Arina Sobolenko g‘alaba qozondi.
Final uchrashuvida Sobolenko qozog‘istonlik ikki karra yirik turnir g‘olibi Yelena Ribakinani 3/6, 6/3, 7/6 hisobida mag‘lub etdi.
Sobolenko uchun Indian-Uellsdagi ushbu g‘alaba mavsumdagi ikkinchi, faoliyatidagi esa 23-chempionlik bo‘ldi. Shuningdek, belaruslik tennischi 1000 toifasidagi turnirlarda o‘zining 10-chempionligini qo‘lga kiritdi.
Joriy mavsumda u Avstraliya ochiq chempionati finaliga ham yetib borgan, biroq hal qiluvchi bahsda aynan Ribakinaga 4/6, 6/4, 4/6 hisobida yutqazgan edi.
Endilikda har ikki tennischi Mayami shahrida o‘tkaziladigan ayollar tennis uyushmasining 1000 toifasiga kiruvchi turnirida ishtirok etadi. Sobolenko ushbu musobaqaning amaldagi chempioni hisoblanadi.
Live
Barchasi