Sobolenko braziliyalik tadbirkorga turmushga chiqishga rozi bo‘ldi

Sport

image

Dunyoning birinchi raketkasi, belaruslik Arina Sobolenko braziliyalik tadbirkor Georgios Frangulisning turmush qurish taklifiga rozilik bildirdi. Bu haqda tennischi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Joriy yilning yanvar oyida Avstraliyaning Brisben shahrida o‘tkazilgan turnirdagi so‘ng Sobolenko hazil aralash yaqin kunlarda unashtirilishi haqida ishora qilgan.

Sobolenko o‘zining Instagram sahifasida braziliyalik biznesmenning turmushga chiqish taklifini bildirgan videosini e’lon qilgan. 

Ma’lumot uchun, 27 yoshli Sobolenko to‘rt karra “Katta dubulg‘a” yakkalik bahslari g‘olibi hisoblanadi. Umuman olganda, u faoliyati davomida 22 ta WTA turnirida zafar quchgan. Tennischi 2024 yildan buyon 37 yoshli tadbirkor Frangulis bilan munosabatda bo‘lib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 31 yanvar kuni Arina Sobolenko 2026 yilgi ilk “Katta dubulg‘a” finalida ishtirok etib, qozog‘istonlik tennischi Yelena Ribakinaga imkoniyatni qo‘ldan bo‘y bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

tennis Arina Sobolenko Georgios Frangulis

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing