Sobiq vazir televideniyeda jinoyatlari haqida gapirdi

Olam

image

Turkmanistonning “Oltin asr” davlat telekanali mamlakatning sobiq savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Armandurdi Ishanov va boshqa amaldorlarining korrupsiyadagi aybiga iqror bo‘lishini namoyish qildi.

Qo‘lida kishanlar bo‘lgan sobiq vazir “tovar birjasi rahbari bo‘lib ishlaganda, xorijiy kompaniyalarga pasaytirilgan narxlarda neft mahsulotlari sotib olishga ijozat berib, ular manfaati uchun harakat qilgani va mamlakatga daromad kelishini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmaganini” aytgan.

“Men vazirlikni boshqarishim vaqtida qarindoshlarim va yaqin tanishlarimni rahbarlik lavozimlariga tayinlab, ularni qo‘llab-quvvatlab kelganman. Men jinoyat sodir etib, o‘z oilam sha’niga dog‘ tushirdim”, deb aytgan sobiq vazir.

Ma’lumot uchun, Amanturdi Ishanov 2007-2014 yillarda Turkmaniston davlat tovar-xom ashyo birjasida turli lavozimlarida, 04.04.2014 - 07/31/2018 Turkmaniston davlat tovar-xomashyo birjasi raisi, 2018 yil 31 iyulgacha  Turkmaniston savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri lavozimlarida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston sobiq vaziri

Baholaganlar

159

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing