Sobiq vazir Aziz Voitov ishi sudga oshirildi

3-sahifa

image

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ishi sudga oshirildi. Bu haqda Oliy sud portalida axborot paydo bo‘ldi.

Bildirilishicha, sobiq vazir Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi a-bandi, v-bandi, 205-modda (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi a-bandi, 206-modda (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 2-qismi a-bandi, 209-modda (Mansab soxtakorligi) 2-qismi a-bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda. 

Qayd etilishicha, Voitov ishi 15 avgust kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida ko‘rib chiqiladi.

Ma’lumot uchun, Aziz Voitov 1980 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy, Toshkent moliya instituti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida turli lavozimlarda (2000-2017 yy), 2017-2020 yillarda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisi vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritgan. 2022-2023 yillarda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligini boshqargan.

Eslatib o‘tamiz, Aziz Voitov o‘tgan yilning dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi (Ushlab turish asoslari) tartibida ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Aziz Voitov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing