Sobiq UFC chempioni liganing Shon-sharaf zaliga kiritiladi

Sport

image

Amerikalik MMA jangchisi va aralash yakkakurashlar bo‘yicha eng nufuzli liga hisoblangan UFC’ning sobiq chempioni Demetrius Jonson tashkilotning Shon-sharaf zaliga kiritildi. Bu haqda tashkilot xabar berdi.  

2024 yilda sportdagi faoliyatini yakunlagan sportchi eng yengil vazn toifasidagi janglari bilan katta shuhrat qozongan. U ushbu vazn toifasida chempionlik kamarini ketma-ket 11 marta muvaffaqiyatli himoya qilgan.

39 yoshli Jonson faoliyati davomida nafaqat UFC’da, balki Osiyodagi ONE Championship musobaqalarida ham ishtirok etgan. U bu ligada ham chempionlik unvonini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qozog‘istonlik bokschi Gennadiy Golovkin, amerikalik Antonio Tarver va britaniyalik Nayjel Benn 2026 yilda Xalqaro boks shon-sharaf zaliga kiritildi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Shon-sharaf zali Demetrius Jonson

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing