Sobiq Prezidentning tan soqchisiga bir necha ayblovlar qo‘yilgan

Olam

image

Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyevning qo‘riqchisi bo‘lgan Kanat Sagimboyev qiynoq va noinsoniy muomaladan shikoyat qilganicha yo‘q. Bu haqda 24.kg xabar bermoqda. 

Qiynoqlarning oldini olish milliy markazi rahbari Nuriddin Sulaymonovga ko‘ra, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining to‘qqizinchi xizmatining sobiq xodimi SIZO-1 ma’muriyati va qamoqxonada hech qanday muammoga duch kelmagan.

"Kanat Sagimbayev tushunmaydigan yagona narsa, nima uchun uni SIZO-1da saqlashyapti, gvardiyada emas, chunki u harbiy kishi. U buni bosim sifatida qabul qiladi. Biroq, tergovchilar tomonidan yomon muomala qilinmadi. Kanat Sagimbayev bilan birga huquq-tartibot idoralarida ilgari ishlagan yana 11 kishi o‘tiripti", dedi Nuriddin Sulaymonov.

Kanat Sagimbayevga Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining "Ommaviy tartibsizliklar", "Xizmat mavqeini suiiste’mol qilish", "Bir guruh shaxslar tomonidan o‘ldirish" va "Tergovchi yoki boshqa mansabdor shaxsning harakatlariga to‘sqinlik qilish" moddalari bilan ayblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, sobiq Davlat rahbari Almazbek Atamboyevning tansoqchisi Kanat Sagimbayev Atamboyevning tug‘ilgan kuni bilan tabriklagani uchun Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasidan haydalgandi va keyinchalik hibsga olingan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Atamboev tan soqchmisi Kanat Sagimbaev

Baholaganlar

85

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing