Sobiq Prezidentning qizi va kuyovi ijara uyga ko‘chib o‘tdi

Olam

image

AQSH sobiq Prezidentining qizi Ivanka Tramp turmush o‘rtog‘i Jared Kushner bilan birgalikda Vashingtondan Mayamiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayangan holda CNN xabar bergan. 

Manbaga ko‘ra, Ivanka Tramp oilasi Mayamidagi The Arte turar-joy majmuasidan bir yilga hashamatli kvartira ijaraga olgan. 

Ta’kidlanishicha, bunday kvartiraning o‘rtacha oylik ijara narxi taxminan 40 ming dollarni tashkil etadi, kvartirani sotib olish 7 million dollardan 15 million dollargacha tushishi mumkin.

Ivanka Tramp eri Jared Kushner bilan birgalikda Amerikaning Indian-Krik orolidan qiymati 30 million dollardan (24,8 million yevro) oshadigan katta yer uchastkasiga ega bo‘lgani haqida xabar bergandik. 

Ivanka va Jared u yerdan doimiy yashashlari uchun uy qurishni rejalashtirgan.

Shuningdek, Indian-Krik Tramplar oilasining Mar-a-Lago nomli hashamatli qarorgohidan atigi bir soatlik masofada joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniya shu hafta boshida Vashingtondan Florida shahriga, Mar-a-Lagoga jo‘nab ketishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ivanka Tramp

Baholaganlar

1507

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing