Sobiq Prezident vafoti munosabati bilan motam e’lon qilindi

Olam

image

Avvalroq, Fransiyaning sobiq Prezidenti Jak Shirak vafot etgani haqida xabar bergan edik. Sobiq Prezident 2005 yilda insultni, 2013 yildan buyrak operatsiyasini boshdan kechirgan.

Fransiya rahbariyati sobiq Prezident Jak Shirak vafoti munosabati bilan 30 sentyabrni umummilliy motam kuni deb e’lon qildi. Shu kuni Parijdagi Sen-Syulpis cherkovida motam marosimi bo‘lib o‘tadi. 29 sentyabrgacha odamlar Yelisey saroyida qo‘yilgan motam kitobida o‘z ta’ziyalarini qoldirishlari mumkin bo‘ladi.

Jak Shirak 26 sentyabrda 87 yoshida vafot etdi. U Prezident bo‘lgunga qadar 3 marta Parij shahri meri lavozimiga saylangan. Ikki muddat mamlakat Bosh vaziri bo‘lgan. 1995 yildan 2007 yilgacha Prezident lavozimida ishlagan. Oxirgi 3 yil u rasmiy marosimlarda ishtirok etmagan. 

Motam munosabati bilan butun Fransiya bo‘ylab milliy bayroqlar tushirilib, bir daqiqalik sukut o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Jak Shirak

Baholaganlar

45

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing