Fransiya sobiq Prezidenti Jak Shirak dafn etildi

Olam

image

Fransiyaning sobiq Prezidenti Jak Shirak Parijdagi Monparnas qabristoniga 2016 yilda vafot etgan katta qizining yoniga dafn qilindi. Bu haqda BFMTV telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, dafn marosimi mutlaq yopiq tarzda o‘tkazildi. Qizining yoniga dafn qilinishi Shirakning so‘nggi istagi bo‘lgan.

Sobiq Prezident bilan rasmiy vidolashish marosimi Parijdagi Sen-Syulpis cherkovida o‘tkazildi. Unda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, shuningdek, qator davlatlar rahbarlari ishtirok etdi. O‘zbekiston nomidan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ishtirok etdi.

Картинки по запросу Монпарнас

Sen-Syulpisdagi marosim boshlanishidang avval Nogironlar uyida Shirakka so‘nggi ehtirom ko‘rsatildi. Mingdan ortiq fransuzlar yakshanba kuni Fransiyaning sobiq Prezidenti bilan vidolashish marosimida ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, u 1995—2007 yillarda, ikki muddat Fransiya Prezidenti bo‘lgan. Bungacha ikki marta — 1974—1976 va 1986—1988 yillarda mamlakat Bosh vaziri bo‘lgan. Ikkinchi Bosh vazirlik muddatini Parij meri lavozimi bilan birga o‘tkazgan. Jak Shirak Fransiya poytaxtini 18 yil davomida boshqargan.


Maqola muallifi

Teglar

Jak Shirak

Baholaganlar

57

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing